<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Sobir Umurov</author>
<lyrics>[V1]
 Rabbim men bir arzimas sening farzanding
 Koʻp gunohlar qildimku lek meni suyding
 // Gunohlarim oʻrniga Oʻz Oʻgʻling berding
 Yaralanding men uchun mehribon Otam //

[C1]
   // Rabbim rahmat minnatdorman
   Sening xochdagi Qoning uchun
   Rabbim rahmat minnatdorman
   Butun tanangdagi yaralaring uchun //

[V2]
 Axir men bir arzimas
 Sening farzanding
 Buncha yurakdan meni
 Sevasan nechun
 Kechir gunohlarim koʻp
 Kechirgin Ota
 Meni Oʻzingga loyiq
 koʻrdingku Ota

[V3]
 Ammo gunoh kelganda
 Ajraldim Sendan
 Jannat eshiklarini
 Ortida qoldim
 Ammo lekin Sen suyding
 Har bir farzanding
 Oʻz Oʻgʻling qurbon qilding
 Gunohim kechirding

[V4]
 Shukrona ayting doʻstlar
 Rabbim ISOGA
 U bizlar uchun keldi
 Biz uchun dunyoga
 Gunohlarimiz oldi
 Xochga mixlandi
 Xudoyim bilan bizni
 U yarashtirdi.</lyrics>
<title>Rabbim rahmat</title>
</song>